Jamiyat
Seshanba kunining ikkinchi yarmida Toshkentda atmosfera havosining ifloslanish darajasi pasaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Havo sifati dushanba kuni kechqurun keskin yomonlashib, kunduzi soat 10−12 oraligʻida eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Soʻngra, kuzatuv stansiyalari maʼlumotliriga koʻra, yarim tundan keyin pasayishda davom etdi. Bu vaqtda havodagi RM 2,5 (diametri 2,5 mikrometrgacha) qattiq zarralar bilan ifloslanishi 1 kubometr uchun 120 mikrogramga, PM10 (10 mikrometrgacha) – deyarli 130 ga yaqinlashdi.
Kunning yarmiga kelib yomgʻir yogʻib oʻtganidan soʻng havo toza boʻlishni boshladi va 14:00 ga kelib RM 2,5 koʻrsatkichi Yunusobod tumani “Bodomzor” yoʻlida — chang 23,3 mkg/kubometr, Chilonzor tumani Xalqlar doʻstligi maydonida — 25,4 mkg/kubometrni tashkil etdi.
“Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori yomgʻir yogʻganligi hisobli AQI — RM 2,5 koʻrsatkichi boʻyicha havoning „yaxshi“ darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi”, — deyiladi Oʻzgidromet xabarida.
Oxirgi kunlarda Oʻzbekiston poytaxtida kechki va tungi vaqtda havoning yuqori darajada ifloslanishi kuzatilmoqda. Harorat inversiyasi tufayli havo haroratining keskin pasayishi havoning turgʻunligiga, ifloslantiruvchi moddalarning toʻplanishiga sharoit yaratdi, deb taʼkidladi bir kun avval Oʻzgidromet. 15-oktyabr kuni soat 23:00 da havo harorati 17 daraja Selsiyda PM2,5 zarralari konsentratsiyasi 62 mkg/kubometrni tashkil qildi.
Atmosfera havosining PM2,5 va PM10-mayda zarralari bilan ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzgidrometning maxsus sayti (monitoring.meteo.uz) va IQAir xalqaro saytida eʼlon qilindi. IQAir maʼlumotlariga koʻra, ushbu yangilik nashr etilgan paytda Toshkent havoning ifloslanishi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrindan 43-oʻringa tushgan. IQAir havo sifatining hozirgi darajasini “oʻrtacha” deb baholamoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q