Siyosat
18-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari oʻttiz yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oliy Majlis Senati va hukumat organlari, rahbarlar, OAV vakillari, shuningdek, Joʻqorgʻi Kenges deputatlari ishtirok etdi.
Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi 4-bandiga muvofiq, Joʻqorgʻi Kenges raisining oʻrinbosari lavozimiga 18-son “Janbaskala” saylov okrugidan deputat Saparbayev Rustam Tursinbayevich nomzodi taklif etildi.
Bunga qadar Rustam Saparbayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Rustam Saparbayev 2004-yilda Qoraqalpoq davlat universiteti va 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha u huquqshunos, siyosatshunos. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q