Siyosat
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga boradi. Bu haqda Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Nurlan Niyozaliyev matbuot anjumanida maʼlum qilgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash Qirgʻiziston tashqi siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
“Shu sababli Qirgʻiziston rahbari Sadir Japarov saylanganidan keyin dastlabki tashriflaridan birini Toshkentga amalga oshirdi. Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi boʻyicha kelishuvga erishilgan. Diplomatik kanallar orqali aniq muddat belgilanmoqda. Tashkiliy va mazmuniy qismlarni ishlab chiqish kerak. Bir qator ikki tomonlama shartnomalar, memorandumlar, harakatlar rejasi, investitsiya loyihalari tayyorlanmoqda, biz ularni Oʻzbekiston tomoniga taklif qilmoqchimiz”, — deya taʼkidlaydi Nurlan Niyozaliyev.
Uning qoʻshimcha qilishicha, tashrif vaqti ikki prezidentning ish grafigiga bogʻliq.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
112095
Jamiyat
94780
Jamiyat
90814
Jamiyat
75618
Jamiyat
//
Izoh yo‘q