Jamiyat
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonning toʻrtta oʻrta shaharlarida turmush sharoitini yaxshilash va iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish uchun 59 million AQSH dollar miqdorida qarz va 500 ming AQSH dollar miqdorida grant ajratilishini maʼqulladi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.
OTBning Shaharlarni kompleks rivojlantirish loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi va iqlim oʻzgarishi oldida himoyalanmanganlik tufayli oʻsishi orqada qolgan Jizzax, Xovos, Xiva va Yangiyer shaharlarida infratuzilma va xizmatlarga strategik investitsiyalar qoʻllab-quvvatlanadi.
Loyiha yashil, hamjamiyatlarga yoʻnaltirilgan infratuzilmani, yaʼni Xovosda koʻp funksiyali jamoatchilik markazini oʻz ichiga olgan va umumiy yashil yoʻlakchaga ega boʻlgan yangi jamoat bogʻi, xamda Xivada Ipak yoʻli mavzuida Oʻzbekistondagi birinchi raqamli muzey joylashgan ikki qavatli tashrif buyuruvchilar markazini barpo etishni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, loyiha Jizzaxda ekologik xavfsiz suvni tejovchi texnologiyalar qoʻllanilgan suv tarmoqlarini rivojlantirish va barcha toʻrtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi.
“Shaharlarning kompleks va iqlimga chidamli tarzda rivojlanishi u yerda yashovchi aholining hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash orqali oʻrta shaharlarning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. OTB loyihasi ushbu shaharlarning oldingidan qoʻra yaxshiroq darajagacha va tezroq tiklanishiga yordam berish uchun innovatsion yechimlarni qoʻllaydi va institutsional salohiyatni kuchaytiradi”, — dedi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻyicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
OTB shuningdek, toʻrtta shaharda barqarorlik va samaradorlikni oshirish va xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash uchun salohiyatni rivojlantirish dasturini taqdim etadi. Bank raqamli muzey tashkil etish uchun Yuqori texnologiyalar jamgʻarmasi tomonidan birgalikda moliyalashtirish asosida taqdim etilayotgan 500 ming dollar miqdoridagi grantni boshqaradi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q