Jamiyat
15-oktabr kuni ertalab Qashqadaryo viloyatidagi 35-sonli manzil koloniyasidan mahkum qochib ketdi. Bu haqdagi xabar 16-oktabr kuni Kompromatuzb Telegram-kanalida tarqaldi.
17-oktabr kuni ertalab IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti mazkur xabarni tasdiqladi. Departament axboroti xizmatining maʼlum qilishicha, Qarshi shahridagi 4-mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan P.Z.ning 2022-yil 15-oktyabr kuni soat 18.00 larda koloniya hududida yoʻqligi aniqlangan. Oʻsha kuni soat 18:30da P.Z.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan va 20:35 da manzil muassasa hududidan ruxsatsiz chiqib ketganligi aniqlanib, koloniyaga olib kelingan.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tugʻilgan mahkum Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudining 2015-yil 30-sentyabr kungi hukmiga asosan, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (nomusga tegish jinoyati) boʻyicha 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. P.Z. muqaddam boshqa jinoyatlar qilgani uchun ham sudlangan.
“Mahkum Jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudining 2020-yil 12-may kunidagi ajrimiga koʻra, Jinoyat ijrioya kodeksining 113-moddasiga asosan, oʻtalmay qolgan 9 yil 11 oy 10 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash uchun manzil-koloniyasiga oʻtkazilgan”, – deyiladi departament axborotida.
Taʼkidlanishicha, Jinoyat ijroiya kodeksining 114 moddasi boʻyicha manzil-koloniyalarda mahkum soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadi, ertalabdan kechgacha koloniya hududida erkin harakatlanishi, fuqarolik kiyimini kiyishi, obyektlarga borib ishlashi, ish yoki taʼlim olayotgan boʻlsa, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishi, yonida pul va qimmatli buyumlar saqlashi, puldan cheklanmagan holda foydalanishi, cheklanmagan miqdorda telefon orqali soʻzlashishi, posilka, yoʻqlov va banderollar olishi hamda joʻnatishi mumkin.
“Shu sababli mahkumning manzil-koloniyadan chiqib ketish imkoniyati yuqori boʻladi. Ammo uning bu hatti-harakatiga qochib ketish, deb qaralmaydi. Bu tartibbuzarlik hisoblanadi. Mahkumning ketib qolishiga nisbatan jinoiy javobgarlik yoʻq. Tartibbuzarligi uni intizomiy jazo olishi yoki yana yopiq koloniyaga qaytarilishiga sabab boʻladi”, — deyiladi departament taqdim etgan maʼlumotda.
Qayd etilishicha, hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan mahkum P.Z.ning ushbu tartibbuzarligiga huquqiy baho berilib, jazo muddatining qolgan qismini oʻtash uchun yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q