Jamiyat
Termiz shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o‘quvchilari, nuroniylar va o‘quvchilarning ota onalari ishtirok etdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, sentator Orziqul Soatovlar so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar chuqur bilimga ega, har taraflama barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Termiz shahri markazida qurilgan ushbu maktab 168 o‘ringa mo‘ljallangan.
Viloyatda bunyod etilgan yangi ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun joriy yilda o‘tkazilgan ilk test sinovlariga 9 ming 676 nafar iqtidorli o‘quvchi hujjat topshirdi va ularning eng yuqori ball to‘plagan 144 nafari maktabning 5-,6-,7-,8-,9-,10 sinflariga o‘qishga qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, Prezident maktablarida darslar ingliz tilida o‘tkaziladi. Termiz shahrida yangi qad rostlagan ushbu maktabda o‘quvchilarga 12 nafar xorijlik va 20 nafar mahalliy pedagog ta’lim beradi.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Rizvona
12:01 / 01.01.1970
Prezident maktabi hozirgi kunda mening orzuyim Barcha bolalarni PREZIDENT maktabida o'qishini tilab qolaman
Kamronbek
12:01 / 01.01.1970
Prezident maktabi juda ham chiroyli Hamma o'quvchilarni shu maktabga kirishini tilab qolaman