Maʼnaviyat festivali davom etmoqda

Saqlash
22:50 / 14.10.2022 1815 0

Xabaringiz bor, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab  “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi Maʼnaviyat festivalining bu galgi tadbirlari Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtmoqda. 

 

 

Bugun “Madaniyat karvoni” va “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar Sirdaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi “Nurli maskan” maktab internatida oʻtkazildi. Tadbirning badiiy qismida sanʼatkorlar oʻz ijod namunalarini ijro etib, oʻquvchi va oʻqituvchilarning kayfiyatiga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

 

 

Shuningdek, “Maʼrifat tur” loyihasi doirasida targʻibotchilar jamiyati aʼzolari Xovos tumanidagi “Koʻhna Xovos” yodgorligida boʻlishdi.

 

 

Shundan soʻng targʻibotchi guruhlar ishtirokida Sirdaryo tumani 10-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Davra suhbati davomida oila muqaddasligi, uni poklikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerakligi taʼkidlandi.

 

 

Jumladan, festivalning “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi doirasida Guliston va Xovos tumanlaridagi nogironligi boʻlgan insonlar, yakka-yolgʻiz qariyalar, bemor hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari holidan xabar olinib, ularga sovgʻalar, kitob jamlanmalari hadya etildi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//