Sport
Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni butun xalqimiz yurak hovuchlab kutgan boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasi final bahsida Bahodir Jalolov AQSHlik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgani quvonch ko‘zyoshlariga sabab bo‘ldi.
Bahodir Jalolovga turnir avvalidayoq asosiy favorit sifatida qaralayotgan edi. Finaldagi g‘alabasi esa sportchini millat faxriga aylantirdi. Delegasiya bayroqdori bo‘lgani bejiz emasligini isbotladi. Muzaffar bokschimiz sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i dunyoning manaman degan davlatlarinikidan ham yuqoriroq ko‘tarilib, milliy madhiyamiz yangradi.
O‘tgan 16 kunda 206 mamlakat vakillari 339 ta medallar shodasi uchun kurashgan bo‘lsa, O‘zbekiston jami 5 ta medal (3 ta oltin va 2 ta bronza) jamg‘arib, reytingning 32-pog‘onasidan joy oldi.
Atletlarimiz musobaqalarda sportning 17 turidan 71 ta yo‘llanma bilan qatnashib, taekvondo, dzyudo, og‘ir atletika, erkin kurash va boks bo‘yicha bittadan medal bilan qaytmoqda. Azamatlar 3 ta olimpiada rekordini ham yangiladi.
Yurtimiz medallar bo‘yicha MDHda rasman 1-o‘rin, amalda 2-o‘rin (rossiyalik sportchilar Rossiya olimpiya qo‘mitasi jamoasi sifatida ishtirok etdi), Markaziy Osiyoda 1-o‘rin, turkiy mamlakatlar orasida 1-o‘rin (Turkiya 34-o‘rinda), islom mamlakatlari orasida 2-o‘rin (Eron 27-o‘rinda), Osiyoda 5-o‘rinni (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Erondan keyin) egallagani ko‘ksimizni g‘ururga to‘ldirdi.
Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan har bir sportchimiz haqida har qancha to‘lqinlanib gapirsak kam. Ulug‘bek Rashidov (taekvondo, oltin), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, oltin), Bahodir Jalolov (boks, oltin), Davlat Bobonov (dzyudo, bronza), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash, bronza) jahonning eng nufuzli musobaqasida qo‘lga kiritilgan medallar shodasi Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘ldi desak yanglishmaymiz.
Tokiodan bugun soat 20:00 da maxsus charter reys orqali yetib keladigan olimpiyachilarimizni kutib olish marosimi ham haqiqiy bayramga aylanishi shubhasiz.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q