Jamiyat
Jismoniy shaxslar 2022-yil 1-yanvardan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Xabar berilishicha, 2022-yil 1-oktyabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi roʻyxatga olingan.
Mavjud maʼlumotlar tahliliga koʻra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi oʻrtacha oylik 1 mln soʻmdan koʻproqni tashkil qiladi.
Hududlarda ijara haqining oʻrtacha miqdori 630 ming soʻmdan 977 ming soʻmgacha.
Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obyektlari:
– 2 mln soʻmdan 5 mln soʻmgacha – 3 240 ta;
– 5 mln soʻmdan ortiq – 255 ta.
Soliq solish maqsadida 2022-yilda koʻchmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
– Toshkent shahrida – 15 500 soʻm;
– Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 soʻm;
– boshqa aholi punktlarida - 4 000 soʻm etib belgilangan.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12 foiz stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi.
Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlamaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q