Shavkat Mirziyoyev Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi

Saqlash
16:45 / 12.10.2022 983 0

Shavkat Mirziyoyev 11-oktabr kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar qilmoqda Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

 

Uchrashuvda Tatariston bilan amaliy sheriklikni kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qoʻshma innovatsion loyihalarni ilgari surish masalalari har tomonlama koʻrib chiqildi.

 

Yetakchi korxona va kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning ilk natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki doirasida kooperatsiya koʻlami kengayib bormoqda. Xususan, 16 ta investitsiya loyihasi tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

 

Qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq mashinasozlik tarmogʻida, yangi turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish borasida, kichik tonnali kimyo va neftni qayta ishlash, agrar sanoat, IT sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish va loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Oʻzbekiston hududlarida, shu jumladan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qoʻshma biznes loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Taʼlimga oid, texnik ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 30
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 77
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 75
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 24
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//