Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor jarimaga tortildi

Oʻtkazilgan monitoringlar va murojaatlarni oʻrganish natijasida inspeksiya tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln. 450 ming soʻm miqdorda maʼmuriy jarima tayinlandi.

Saqlash
19:36 / 01.11.2021 963 0

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021-yildagi paxta yigʻim-terimi mavsumi davomida majburiy mehnatga qarshi kurashish hamda munosib mehnat sharoitlari yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Davlat mehnat inspeksiyasining ishchi guruhlari tomonidan respublikaning barcha tumanlaridagi 13 minga yaqin tashkilot, fermer xoʻjaliklari hamda paxta dalalari oʻrganilgan.

 

Inspeksiyaga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 128 ta murojaat kelib tushgan.

 

Oʻtkazilgan monitoringlar va murojaatlarni oʻrganish natijasida inspeksiya tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln. 450 ming soʻm miqdorda maʼmuriy jarima tayinlandi.

 

Joriy yilgi paxta-yigʻim terimi davrida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxslar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasiga asosan javobgarlikka tortildi va 1 ta holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudlarga kiritildi.

 

Bundan tashqari, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining oʻz vaqtida toʻlamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 48 ta holat yuzasidan yozma koʻrsatmalar kiritildi.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnat holatlariga guvoh boʻlgan fuqarolarimizdan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlarini soʻraydi va shaxsingizning oshkor etilmasligini kafolatlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//