Oʻzbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo keskin soviydi

Saqlash
18:24 / 01.11.2021 1005 0

Oʻzbekistonda haftaning ikkinchi yarmida esa havo keskin soviydi. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya markazi  xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 4-noyabr, payshanba kuni mamlakatga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antitsiklon kirib kelib, ob-havo keskin oʻzgaradi. Shu kuni respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublika shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

Harorat 4-noyabr kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi. Bu oy boshi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 12-15 darajaga past.

 

Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

 

Juma, 5-noyabr kuni sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yogʻingarchilik faqat ayrim togʻli hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuqqacha, shimolda 7-10 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduz kuni harorat 3-8 daraja iliqdan oshmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//