Iqtisod
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasida yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Ettihad» kompaniyasi rahbari Zakariya Ali Salam bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Xabarda yozilishicha, O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik muhiti, mamlakatimizning geografik joylashuvi, qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv aloqalari, biznesni rivojlantirish uchun taqdim etilayotgan shart-sharoitlar xorijiy sarmoyadorlarning e’tiborini tortmoqda.
Zakariya Ali Salam O‘zbekistonda dastlabki bosqichda qurilish materiallari, jumladan, g‘isht ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ilg‘or texnologiyalarni jalb etish uchun sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. U o‘zbekistonlik sheriklar bilan ushbu yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun B2B formatida muzokaralar o‘tkazish muhimligini qayd etdi.
Muzokaralar yakunida yaqin vaqt ichida misrlik tadbirkorlarning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111842
Jamiyat
94677
Jamiyat
90671
Jamiyat
75340
Jamiyat
//
Izoh yo‘q