Jamiyat
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekiston energiya tizimini rivojlantirish uchun 47,1 million dollar ajratdi.
Bu toʻgʻrisida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.
Bugungi kunga kelib, YeTTB Oʻzbekistondagi 113 loyihaga 3,6 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgani ham qoʻshimcha qilindi.
Bank tomonidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi Sarimoy va Jonkeldi aholi yashash punktlari oʻrtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini moliyalashtirish uchun 47,1 million dollarlik moliyaviy yordam berilayotgani mamlakat milliy elektr tarmoqlarining oʻtkazuvchanligini kengaytirish va ishonchliligini oshirishga qaratilgani qayd etildi. Yangi liniya qurilayotgan, umumiy quvvati 1 GVtli ikkita shamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan bogʻlaydi. Loyiha Oʻtish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jamgʻarmasi va Aksiyadorlarning maxsus jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
“Oʻzbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng koʻp aholiga ega davlat, balki barqaror infratuzilmaviy yechimlarga muhtoj boʻlgan mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. Bizning Bankimiz bunday loyihalarni moliyalashtirish orqali ushbu oʻsishni qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, — deydi YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q