O‘zbekistonda egizaklar eng ko‘p tug‘ilayotgan hududlar ma’lum qilindi

Saqlash
14:11 / 10.10.2022 702 0

Oʻzbekistonda 2022-yilning yanvar–sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 14 803 nafar egizak chaqaloq tugʻilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1011 taga koʻp.

 

Hududlar kesimida 9 oyda tugʻilgan egizak chaqaloqlar soni quyidagicha boʻlgan:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 714 nafar;
Andijon viloyati — 1328 nafar;
Buxoro viloyati — 758 nafar;
Jizzax viloyati — 656 nafar;
Qashqadaryo — 1532 nafar;
Navoiy viloyati — 492 nafar;
Namangan viloyati — 1345 nafar;
Samarqand viloyati — 1716 nafar;
Surxondaryo viloyati — 1259 nafar;
Sirdaryo viloyati — 388 nafar;
Toshkent viloyati — 1190 nafar;
Fargʻona viloyati — 1338 nafar;
Xorazm viloyati — 711 nafar;
Toshkent shahri — 1376 nafar.

 

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida respublika boʻyicha 681 760 ta tirik tugʻilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 085 taga koʻp.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//