Jamiyat
Surxondaryo viloyatining Denov va Sherobod tumanlarida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari foydalanishga topshirildi.
.png)
Mazkur tadbirlarning tantanali ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi rahbari Nargiza Rahmatullayeva hamda tuman hokimliklarining mutasaddi rahbarlari, yozuvchi, shoirlar, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
.png)
Maʼnaviyat va maʼrifat yoʻlida amalga oshiriladigan ishlarning rivojlanishi uchun koʻmaklashadigan maskanlarning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, xalqimizda yurt ravnaqi uchun daxldorlik, masʼuliyat tuygʻusi sezilarli ravishda oʻsgani, ozod va obod vatanimizda inson qadri ulugʻlanayotgani, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning osuda hayoti, goʻzal va betakror vatanimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanini taʼkidlashdi.


Qayd etish kerak, ushbu Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bilan birgalikda ijtimoiy–maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109661
Jamiyat
94044
Jamiyat
89824
Jamiyat
72980
Jamiyat
//
Izoh yo‘q