Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida Pop tumanining eng obod mahallalaridan biriga aylangan Uygʻursoy mahallasida Obod markaz va “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu maskanning ochilish marosimida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Aziz Ikramov, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat hamda tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan 5 mlrd. soʻmlik mablagʻlar hisobiga aholini bandligini taʼminlash va yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun sport (workout, voleybol, basketbol hamda futbol) maydonchalari barpo qilindi. Shu bilan birgalikda yillar davomida qarovsiz boʻlgan achinarli holatdagi Madaniyat binosi qayta taʼmirlanib, muhtasham Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga aylantirildi.
Qayd etish zarur, joriy yil boshida viloyat boʻyicha 28 ta ogʻir hududlardagi MFYlarni rivojlantirish boʻyicha alohida Hududiy dastur qabul qilingan edi. Jumladan, Pop tumanining Uygʻursoy mahallasida ichimlik va oqava suvi, elektr taʼminotini yaxshilash, ichki yoʻllarni hamda koʻp qavatli uylarni taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Uygʻursoy mahallasida 23 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga bunyodkorlik ishlari olib borildi.
Uygʻursoyda 10,0 km ichki yoʻllar shagʻallashtirildi, 2 km ichki yoʻllar sement beton qoplamasi bilan yangitdan qurildi, 1 km ichki yoʻl asfaltlashtirildi, 18,0 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi va 1 ta suv inshooti qayta rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, 2,1 km elektr tarmogʻini yangitdan qurilib, 2 dona yangi transformator oʻrnatildi, 70 dona tayanch ustunlarni yangi beton tayanch ustunlariga almashtirildi. Homiylik mablagʻlari hisobidan 29 ta koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Mahalladagi oilaviy shifokorlik punkti taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Kelgusida ushbu ishlarning uzviy davomi sifatida maktabgacha taʼlim muassasasi va umumiy oʻrta taʼlim maktabi kapital rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q