IELTS'dan yuqori ball olgan yoshlarga kompensatsiya puli to‘lab berilmoqda

Saqlash
16:14 / 01.11.2021 1441 0

Hukumat qarori bilan 1-maydan 5 turdagi - IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE xalqaro imtihonlarida kamida 7 ball olgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi hisobidan qoplab berilishi yo‘lga qo‘yilgandi. 

 

2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yana 13 turdagi xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball olgan iqtidorli yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari kompensatsiya qilib berilishi tizimi joriy etiladi.

 

Shu vaqtga qadar ikki yarim mingdan ziyod yoshlar kompensatsiya uchun ariza topshirgan bo‘lsa, 1-noyabr holatiga ko‘ra, imtihonlarda yuqori ball olgan 2121 nafar talabgorga kompensatsiya puli to‘lab berilgan.

 

380 nafar arizachining talabi esa rad etilgan. Buning sababi ushbu arizachilar mazkur tizim yo‘lga qo‘yilishidan avval sertifikatni qo‘lga kiritishgan yoki 7 baldan kam natija ko‘rsatishgan.

 

Birgina IELTS xalqaro imtihonini O‘zbekistonda topshiruvchilar qayd etgan o‘rtacha natija – 5,7 ballni tashkil etadi. Bu borada mamlakatimiz 34-o‘rinda turibdi. Ushbu qaror yoshlarning yuqori ball to‘plashlari uchun ko‘proq izlanishga undaydi.

 

Arizalarni  ushbu link orqali yuborish mumkin.   

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//