Jamiyat
Oʻzbekistonlik taniqli rok-pop yulduzi xastalikdan soʻng vafot etdi. Bu haqda suxandon Tolibjon Isroilov xabar qildi.
Davron Gʻoyipov 1961-yil 7-oktyabrda tugʻilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978-yilda u “Yalla” guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980-yilda Davron Gʻoyibov boshchiligida Oʻzbekistondagi ilk rok guruhi - “Original” tuziladi. 1980-yillar boshlarida ijro etilgan “Bu nima bu?” qoʻshigʻi guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qoʻshiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron Gʻoyibov ijro etgan.
Bundan tashqari “Qaydasan”, “Kerak emas shahlo koʻzlaring”, “Otkrыtoye okno” kabi qoʻshiqlar ham muxlislar koʻngillaridan joy olgan.
Dafn marosimi Xorazmda oʻtkaziladi.
Tahririyatimiz marhumning yaqinlari va muxlislariga hamdardlik bildiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110086
Jamiyat
94319
Jamiyat
90187
Jamiyat
73520
Jamiyat
//
Izoh yo‘q