Jamiyat
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning Gʻuzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Nasafnews xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, voqea 5-oktabr kuni sodir boʻlgan. 1972-yilda tugʻilgan marhum xodim hamkasblari bilan “Gʻuzor-Sovbog” fiderining “Mikop” shoxobchasini avariyadan keyin koʻrikdan oʻtkazgan. Shu kuni soat 14:30 larda fiderga kuchlanish berilgan.
Soat 15:30 larda isteʼmolchi bilan kelishgan holda brigada oʻzboshimchalik bilan “Oxunboboyev” fiderining 36-tayanchidan isteʼmolchi tayanchiga oʻtadigan simlarni yechish vaqtida elektrchi Gʻ.B. kuchlanish ostida qolgan.
Boshqa xodimlar jabrlanuvchi Gʻ.B.ni tayanchdan tushirib, birinchi yordam koʻrsatib, tez yordam chaqirgan. Ammo xodim voqea joyida halok boʻlgan.
Hozirda mazkur voqea sabablari oʻrganilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
112370
Jamiyat
95034
Jamiyat
91231
Jamiyat
75942
Jamiyat
//
Izoh yo‘q