Jamiyat
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 6-oktabr kuni baxtsiz hodisa yuz berib, tarbiyalanuvchi I.J. (2018-yilda tugʻilgan) vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 yoshli tarbiyalanuvchi I.J. tashkilot hududidagi bolalar oʻyin maydonidagi temir aylanada oʻynagan va ehtiyotsizlik natijasida hayot uchun xavfli boʻlgan jarohatlar olgan. Oʻlimning aniq sababi va vaqti aniqlanmoqda.
Ayni paytda ish prokuraturaga oʻtkazilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ehtiyotsizlik oqibatida voqea sodir boʻlgan vaqtdagi masʼul shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
Mazkur baxtsiz hodisa tufayli 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimidan ozod etilib, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi va tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllangan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼul xodimlari holatni nazoratga olgan.
“Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan bunday holatlar takrorlanmasligi hamda bolalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida respublikadagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻyin maydonchalarida joylashgan xavfli temir konstruksiyalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularni demontaj qilish, shuningdek, idoraviy qurilish meʼyorlari va talablariga muvofiqlashtirish topshirigʻi berildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q