O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda nechanchi o‘rinda ekanligi ma’lum qilindi

Saqlash
17:48 / 06.10.2022 764 0

Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida doimiy aholi sonining foizdagi ulushi boʻyicha uchinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Qoʻmitasi maʼlumotlarida aytilishicha, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 35,3 mln. kishini tashkil etgan.

 

Tahlillarga koʻra, 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida doimiy aholi sonining foizdagi ulushi boʻyicha uchinchi oʻrindan joy olgan — 11,9 %. Bu borada yetakchilik qilayotgan Rossiyada bu ulush 51,3 % teng.

 

MDH davlatlarida doimiy aholi sonining foizdagi ulushi quyidagicha koʻrinish oldi:

 

— Rossiya –51,3 %;

— Ukraina – 14,6 %;

— Oʻzbekiston – 11,9 %;

— Qozogʻiston – 6,5 %;

— Ozarbayjon – 3,5 %;

— Belarus – 3,3 %;

— Tojikiston – 3,2 %;

— Qirgʻiziston – 2,3 %;

— Turkmaniston – 1,5 %;

— Armaniston – 1,0 %;

— Moldova – 0,9 %.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//