Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar oʻgʻirlanayotgani haqida audio xabarlar tarqaldi.
Ovozli xabarlarda aytilishicha, Toshkentdagi 38-Orom maktabi yonida, Qorasaroy turar joy majmuasida, Qorasuvda va boshqa hududlarda bola oʻgʻirlashga urinishlar qayd etilgan.
Shuningdek, bir nechta bola dom-daraksiz yoʻqolgani, bu holatlarga mutasaddilar tomonidan tegishli choralar koʻrilmayotgani haqida gapiriladi.
Fargʻonada ham bola oʻgʻirlash bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh mavjudligi aytiladi.
Ushbu audioxabarlarga IIV axborot xizmati rahbari Sh.Gʻiyosov munosabat bildirdi.
«Maʼlum qilamizki bu kabi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq.
Internet orqali yolgʻon maʼlumot tarqalishiga sababchi boʻlayotgan subyektlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi», deyiladi rasmiy munosabatda.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
111665
Jamiyat
94647
Jamiyat
90636
Jamiyat
75167
Jamiyat
//
Izoh yo‘q