Jamiyat
“Oyina.uz” 2021-yil 1-noyabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi oʻzgarishlar roʻyxatini tuzdi. Material Adliya vazirligi maʼlumotlari asosida tayyorlangan.
1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga asosan hududida xonadonlar soni mingdan ortiq boʻlgan mahalla xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi.
2. Qonunchilikka koʻra, xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgandan soʻng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi;
xavflilik darajasi yuqori boʻlmagan ayrim turdagi mahsulotlarni Oʻzbekiston rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini (amal qilish muddatidan qatʼi nazar) bir marta rasmiylashtirgan holda 24 oy davomida import qilishga ruxsat etiladi.
3. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish yoʻlga qoʻyiladi.
4. “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.
5. Prezident farmoniga koʻra:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno);
Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YAIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytariladi. Bunda ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati toʻliq hajmda koʻrsatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q