
Iqtisod
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 28-moddasiga koʻra ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, mazkur qonunning 6-moddasiga asosan jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak hamda murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Taʼkidlash lozimki, fuqarolar murojaatlarini sifatli va toʻliq oʻrganib chiqishda murojaatda keltirilgan vajlar batafsil tahlil etiladi hamda murojaat qiluvchi va faoliyati boʻyicha murojaat tushgan kredit tashkilotining fikr va mulohazalari eshitiladi. Shunga koʻra, murojaatlarni oʻrganib chiqish va uni hal etish ayrim vaqtlarda zaruriy muddat talab etishi mumkin.
Bunda bank xizmatlari koʻrsatilishi borasidagi murojaatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotlar, agar unda bank siriga yoki shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq uchinchi shaxslarga oshkor etmagan holda murojaatchining shaxsan oʻziga yetkaziladi.
Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga oid xabarlar muntazam ravishda monitoring qilinib, ularda koʻtarilayotgan masalalarni hal etilishi boʻyicha zaruriy choralar koʻrib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida karta hisobvaragʻidan pul mablagʻi yechilgan boʻlsa-da, bankomat naqd pul bermaganligi, nafaqa pulini bank kartasi orqali olish boʻyicha muammoga duch kelinayotganligi, mobil ilova orqali oʻtkazilgan pul mablagʻi oluvchilarning karta hisob raqamiga tushmaganligi, kredit toʻlovlari toʻliq toʻlangan boʻlsa-da, karta hisobvaragʻidan kredit uchun toʻlov yechilganligi, bank xodimlari tomonidan fuqaro uchun notanish boʻlgan kredit boʻyicha kafil ekanligi toʻgʻrisida qoʻngʻiroqlar boʻlayotganligi, bankning mobil ilovasi orqali konvertatsiya qilingan hamda boshqa kartaga oʻtkazilgan mablagʻ koʻrinmayotganligi, kreditni muddatidan oldin soʻndirgani uchun keshbek taqdim etilmayotganligi kabi holatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar joylashtirilgan.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Anorbank, Davrbank, Universalbank, Hamkorbank, Tenge bank, Xalq banki, Ipak yoʻli banki, Infinbank, Turonbank, Qishloq qurilish bank, Milliy bank, Kapitalbank, Sanoatqurilishbank, Aloqabank, Aziya Alyans banklariga xabarlardagi bank faoliyati bilan bogʻliq masalalarni oʻrganib chiqish va zaruriy choralarni koʻrish yuzasidan 31 ta koʻrsatma xatlar yuborildi.
Ushbu koʻrsatmalarga asosan tijorat banklari tomonidan xabarlar oʻrganib chiqildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, bu haqida oʻrnatilgan tartibda isteʼmolchilarga xabar berildi, shuningdek, ayrim banklar tomonidan bu toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va saytlari orqali isteʼmolchilarga tegishli tushuntirishlar berildi.
Markaziy bank tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlar yuzasidan qonunda belgilangan muddatlarda tegishli choralarni koʻrish davom ettiriladi.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q