Ilm-fan
Mazkur holat, ya’ni “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘limida nomutaxassislik (tarix) fanining belgilanishi umumiy o‘rta ta’lim va oliy yuridik ta’lim o‘rtasida uzviylikning ta’minlanmasligiga, maktabda huquqshunoslik faniga bo‘lgan qiziqishnining pasayishga hamda oqibatda oliy ta’limga kelgan talabada huquqiy fanlar bo‘yicha zarur bilim shakllanmayotganligiga olib kelmoqda.
Bu borada, xorijiy universitetlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tegishli yo‘nalishga o‘qishga kirishda sohaga oid dastlabki bilimlarni baholashga qaratilgan imtihonlar o‘tkaziladi. Masalan, Glazgo universiteti, Londondagi Kings kolledji, Nottingem va Oksford universitetlariga o‘qishga kirish uchun Huquqshunoslik uchun milliy kirish testi topshirish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmonida ham bu borada tegishli vazifa belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, test sinovlarining 2-bloki, ya’ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha Tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet Kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q