Jamiyat
Oila kodesiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga koʻra, kelgusida boladan alohida yashayotgan ota(ona)larga yangi majburiyat yuklanishi mumkin.
Gap shundaki, tegishli qonun loyihasiga koʻra, mazkur kodeksning 76-moddasi (Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi) birinchi qismidagi “qatnashish huquqiga ega” jumlasi “qatnashishga majbur” tarzida oʻzgartiriladi.
Yaʼni, ota yoki onalar “boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan muloqot qilish huquqiga ega hamda uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashishga majbur” qilinadi.
Qayd etilishicha, xalqaro tajribada, jumladan, Belarus davlati Oila kodeksining 77-moddasida farzandlaridan alohida yashovchi ota-ona ular bilan muloqot qilish huquqiga ega va ularni tarbiyalashda ishtirok etishga majburdirlar, deb belgilangan.
Xuddi shu qoida Tojikiston Respublikasi Oila kodeksining 66-moddasida farzanddan alohida yashovchi ota-ona bola bilan muloqot qilish huquqiga ega va uni tarbiyalashda, bolaning taʼlim olishi bilan bogʻliq masalalarni hal etishda ishtirok etishga majburdir, degan norma mustahkamlab qoʻyilgan.
Mazkur tartib-taomillar boladan alohida yashayotgan ota(ona)ga huquq taqdim etish emas, balki majburiyat yuklashligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95120
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q