Siyosat
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar safarbarlikka jalb etilishi aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Elchixonaning qayd etishicha, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlarining Rossiyada harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqalmoqda.
“Rossiya Ichki ishlar vazirligining soxta buyrugʻiga tayanib, tegishli shaxslar Rossiyada vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari qisman safarbar etilishi haqidagi yolgʻon xabarlarni tarqatmoqda. Agar ular shartnoma tuzishdan bosh tortsa, goʻyoki ishlashga ruxsatnomalari bekor qilinishi va deportatsiya qilinishi toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumot bor”, — deyiladi xabarda.
Elchixona Rossiyadagi oʻzbekistonliklarni turli provokatsiyalarga berilmaslikka, faqat rasmiy maʼlumotlarga ishonishga chaqiradi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90847
Jamiyat
75644
Jamiyat
//
Izoh yo‘q