YAIDXP orqali avtomashinaga taqiq bor-yoʻqligini aniqlash xizmati yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
21:27 / 03.10.2022 727 0

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi [468-son] qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab qoʻyilganligi, shuningdek taqiqlab qoʻyish bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etilishi koʻzda tutilgan.

 

Shunga mos ravishda yagona portal tizim orqali avtomashinaga taqiq borligini aniqlash boʻyicha yangi xizmatni yoʻlga qoʻydi.

 

Xizmatdan foydalanish bepul va uzoq vaqt talab etmaydi.

 

Shuningdek, mol-mulkni taqiqlab qoʻyish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar bankiga kiritishda:

 

  • jismoniy shaxsning shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid maʼlumotlar – Ichki ishlar vazirligi;
  • yuridik shaxsga oid maʼlumotlar – Adliya vazirligi;
  • koʻchmas mulkka oid maʼlumotlar – Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
  • qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga oid maʼlumotlar – VM huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
  • attraksionlar va koʻtarish inshootlari (minora kranlari)ga oid maʼlumotlar – Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
  • kemalarga oid maʼlumotlar – Transport vazirligi;
  • kichik hajmli kemalarga oid maʼlumotlar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

 

Xizmatdan foydalanuvchi shaxsning avtotransporti oʻziga tegishli boʻlishi kerak. Avtoulovni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//