Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT-Park Rewind–2022 anjumaniga 819 million soʻm sarflanganiga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda IT-Park Rewind–2022-yillik anjumaniga sarflangan pullar va bu mablagʻlarga qancha bolarni oʻqitish mumkin boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.
Foto: Telegram / “Kompromatuzb”
Foto: Telegram / “Kompromatuzb”
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning yozishicha, davlat byudjetidan bir soʻm ham mablagʻ yoki subsidiyalangan kredit olmasdan 2017-yilgacha rasman deyarli yoʻq boʻlgan (asosan norasmiy ishlangan) IT sohasi bu yil 100 million dollardan ortiq rasmiy eksportga erishishi kutilmoqda.
IT sohasida ish bilan band boʻlganlarning umumiy soni (rezidentlarda ishlaydiganlar va rasman frilanser boʻlib roʻyxatdan oʻtganlar) anʼanaviy aloqa sohasidagilarnikidan oshgan. “Bu, albatta, IT-Park komandasining toʻgʻri ishlagani sabablidir. Shu vaqtgacha bu komandaga umuman yordam bermagan odamlar yoʻq joydan hozir ularni qoralashga harakat qilayotgani esa achinarli hol”, — deb yozadi Shermatov.
24-iyul kuni oʻtkazilgan IT-Park Rewind tadbirida BAA, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Belarus davlatlaridan mehmonlar kelib, Oʻzbekistonni IT xabga aylantirish va eksportni yanada oshirish boʻyicha vazifalarni muhokama qilgan.
«Tadbirdan soʻng hozirgi kungacha IT-Park rezidentlari soni 174 taga oshgan, shundan 5 6tasi eksporter. Bu esa yana qoʻshimcha 2000 dan ortiq ishchi oʻrinlari degani. Kichkina emas, balki 400dan ortiq mehmonlar (soha xodimlari va Astrum oʻquvchilari bilan hisoblasa 1000 ga yaqin) qatnashgan tadbir 819 million soʻmga tushgan ekan, nechta bolani bu pulga oʻqitsa boʻladi deyishibdi. INHA yoki Amitiʻda 1 yil oʻqish 30 million atrofida boʻlsa, 4 yilda bir bolaga 120 million ketadi, yaʼni bu pulga 7 ta bolani bakalavrga oʻqitsa boʻladi. Uniyam qilish kerak, albatta (shuning uchun INHAʻga prezidentimiz 100 ta grant ajratib berdilar), lekin bu tadbir ham muhim.
Xullas, yoki IT-Park faoliyatiga endi katta-katta kompaniyalar ishonib, Oʻzbekistonga autsorsni koʻpaytirib turgan vaqtda unga xalaqit qilmasdan kelgusi katta marra eksportni 1 milliard dollarga olib chiqish ustida birgalikda ishlashimiz kerak yoki mayda gʻiybat gaplar bilan ularni ham qoʻlini sovutib, Oʻzbekistonni IT autsorsing xabiga aylantirish fikridan voz kechishimiz kerak», — deya taʼkidlaydi AKT vaziri.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q