Toshkent shahar hokimligiga tegishli bino talabalar yotoqxonasi uchun bepul berildi

Saqlash
19:36 / 03.10.2022 793 0

Toshkent shahar hokimligining Mirobod tumani, Pomir koʻchasi, 34-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Toshkent davlat transport universitetiga operativ boshqaruv huquqi bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talabalar turar joyini barpo etish uchun bepul berildi.

 

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-sentyabrdagi 489-Gʻ sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimining qarori eʼlon qilindi.

 

Qarorga koʻra “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi (A.Razzoqov) umumiy maydoni 4 648,0 kv.m. boʻlgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi bilan Universitetga belgilangan tartibda bepul topshirilishi taʼminlash vazifasi topshirilgan.

 

Shuningdek, Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasining (B.Toshxoʻjayev) tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan soʻng, ushbu bino va inshootlar oʻrnatilgan tartibda davlat kadastri roʻyxatidan oʻtkazishi belgilangan.

 

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Hotambek Shakirov zimmasiga yuklatilgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//