Jamiyat
Dushanba kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi, deya xabar berdi Oʻzgidromet matbuot xizmati.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechki paytga borib biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi +24 …+26 darajagacha koʻtariladi.
Keyingi 4−7-oktabr kunlarida ob-havo antitsiklonning janubi-gʻarbiy chekkasiga qarab belgilanadi. 5-oktyabr, chorshanba kuni janubiy va choʻl zonasida antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga ayrim joylarda shamolning 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Bu davrda havo harorati kechasi +8…+13 daraja, kunduzi 4−6-oktabrda +21…+26 daraja boʻladi. 7-oktabr kuni harorat +23…+28 darajagacha koʻtariladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110534
Jamiyat
94401
Jamiyat
90292
Jamiyat
73986
Jamiyat
//
Izoh yo‘q