Jamiyat
Oila kodeksiga kiritilishi rejalashtirilayotgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, Oʻzbekistonda aka-uka (opa-singillar)ning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin. Aniqrogʻi, mazkur kodeksga nikohga monelik qiluvchi sabablar (16-modda) qatoriga “yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh” ham kiritilmoqda.
Oila kodeksining amaldagi qoidalarida esa yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzishni taqiqlamaydi.
Oila Kodeksining 57-moddasiga asosan, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga oʻxshashlar yon shajara boʻyicha qarindoshlar hisoblanadi.
FHDYO organlari maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil iyul-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 1210 ta yaqin qarindoshlar (529 ta – xolavachcha, 307 ta – togʻavachcha, 178 ta – amakivachcha, 196 ta – ammavachcha) oʻrtasida nikoh holatlari qayd qilingan.
Hududlar kesimida qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan nikohlarning yarmidan koʻprogʻi 59 foizi ikkita viloyat – Surxondaryo (343 ta) va Qashqadaryo (371 ta) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining taʼkidicha, tugʻilayotgan bolalar tarkibida nogiron, jumladan, 1 yoshgacha tugʻma anomaliyalar, deformatsiya va xromosom buzilishlarga uchragan bolalar ulushi ortmoqda.
Jumladan, 1 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar soni 2018-yildagi 2 592 nafardan 2020-yilda 3 374 nafarga yoki 30,1 foizga, 1 yoshgacha tugʻma anomaliyalar (rivojlanish nuqsonlari), deformatsiya va xromosom buzilishlar soni 2018-yildagi 1 093 tadan 2020-yilda 1 292 taga yoki 18,2 foizga koʻpaygan.
Bu esa mamlakatda salbiy demografik tendensiyalarning kuchayishiga, bunday bolalarni ijtimoiylashtirish masalalari bilan bogʻliq yangi muammolarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Xorijiy mamlakatlarning oila qonunchiligini tahliliga koʻra Xitoy, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Turkiya, Ukraina, Irlandiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Tojikiston davlatlari qonunchiligida ham mavjud.
Shuningdek, “Nikoh tuzish va tan olish toʻgʻrisida”gi 1978-yil 14-martdagi Gaaga Konvensiyasining 11-moddasiga ham belgilangan.
Yuqoridagi asoslardan kelib chiqib, yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohni oldini olish maqsadida mazkur oʻzgartish kiritish taklif etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartibga koʻra, Oila kodeksining 16-moddasi (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar)da belgilanganidek, nikoh tuzishga:
– loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida;
– nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;
– loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q