Jamiyat
Axloqsizlarcha soʻkingani tarqalgan Oqqoʻrgʻon IIB sobiq xodimi oʻz qilmishi uchun xalqdan yigʻlab kechirim soʻradi. Uning videomurojaati tuman hokimligi tomonidan eʼlon qilindi.
“Men shu yili Oqqoʻrgʻon tumani Ichki ishlarga ishga kirdim, ishlay olmadim. Meni 2-3-marta ogohlantirishdi. Shundan soʻng bir ayol bilan janjallashib qoldim. Keyin meni ishdan boʻshatishdi. Oradan 10 kun oʻtib, oʻsha ayol menga telefon qildi. Oʻsha paytda men mast holatda edim. Jahlim chiqib har xil soʻzlar bilan haqoratladim. Nimalar deganimni oʻzim ham bilmayman. Butun Oqqoʻrgʻon aholisidan, Oʻzbekiston aholisidan bir umr kechirim soʻrayman. Bu ishlarimdan pushaymonman. Ota-onamdan ham kechirim soʻrayman”, – deydi u.
Uning onasi ham el-yurtga murojaat bilan chiqish istagini bildirgan. Unda ona oʻgʻlining soʻzlari uchun jamoatchilikdan uzr soʻradi. Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, oila qattiq tushkunlikka tushgan, otasining sogʻligʻi ogʻirlashib, uy sharoitida davolanmoqda.
Toshkent viloyati prokuraturasi yigitga nisbatan 2-oktyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani, gumon qilinuvchi sifatida Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanganini bildirdi.
Viloyat IIBB axborot xizmati rahbari holat toʻliq nazoratga olingani va qonuniy tartibda chora koʻrilishini maʼlum qildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q