Jamiyat
29-sentabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodimning murdasi Chirchiq daryosidan topildi.
Bosh prokuratura xabariga koʻra, u oʻzaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan oʻldirib ketilgan va jasadi daryoga tashlab yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Oʻning jasadi oʻtkazilgan qidiruv harakatlari davomida topilgan hamda gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari ketmoqda. Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda.
Sport
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
112103
Jamiyat
94789
Jamiyat
90828
Jamiyat
75630
Jamiyat
//
Izoh yo‘q