Jamiyat
Oʻzbekistonda qonunchilik boʻyicha oʻqituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlarni sanab oʻtamiz.
1. Oʻzbekistonda 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.
2. Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida va bolalar – oʻsmirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilanadi.
3. Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi toʻlanadi.
4. Taʼlim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilingan.
Bunda:
5. Qonunchilikka koʻra:
6. Taʼlim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:
7. Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida har yili 1-fevralgacha oʻtgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbatlantiriladi:
8. Kimyo va biologiya fanlari boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha talabalar uchun toʻgaraklar olib borayotgan professor-oʻqituvchilarga oʻquv yili davomida oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi.
9. Matematika fani boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, matematika fani boʻyicha talabalar uchun toʻgaraklar olib borayotgan professor-oʻqituvchilarga oʻquv yili davomida oylik maoshlariga 25 foizi miqdorida ustama haq toʻlab beriladi.
10. 2022-yil 1-sentyabrdan ixtisoslashtirilgan maktablarning fizika fani boʻyicha milliy sertifikatlash tizimida maksimal ballning 70 va undan yuqori foizini toʻplagan fizika fani oʻqituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama haqi 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
11. Oliy taʼlim muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchisi boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlariga «Katta oʻqituvchi (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan)” bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.
12. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha xalq taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlarga isteʼmol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamgʻarma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar beriladi:
13. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-oʻqituvchilariga sogʻliqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza boʻlgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi:
Shu toifadagi xodimlarga – bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qoʻllovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qoʻshimcha toʻlovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.
14. Taʼlim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-oʻqituvchilari va oʻqituvchilariga qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida – lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan taʼlim muassasalarida – bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q