Jamiyat
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.
Tugʻilganlik holati FHDYO boʻlimlarida qayd qilingani haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan maʼlumotnoma beriladi va ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Nikoh tuzish va nikohdan ajrashishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkaziladi. Huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi.
Qaror bilan nikoh tuzish va nikohdan ajrashishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik maʼmuriy reglament tasdiqlandi. Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yigʻinini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q