Jamiyat
1 oktabr kuni O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda meteorolik prognozlarni e’lon qiluvchi “Meteonova” nashri ma’lum qildi.
Foto: meteonova.ru
Magnit bo‘roni davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi holatni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.
SSV bosh nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidovaning ta’kidlashicha, magnit bo‘roni inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bundan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.
“Magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan. Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko‘proq ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan banan va boshqa sitrus ne’matlardan iste’mol qilish zarur”, — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, surunkali kasalliklarga chalinganlar o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim. “Kun davomida bir marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi. Qon bosimidan shikoyati bor bemorlar ko‘proq suv ichib, sho‘r taomlarni kamroq iste’mol qilganlari ma’qul. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi”, — dedi SSV bosh nevrologi.
Magnit bo‘ronlari — kompas magnit milining surilishini qo‘zg‘atuvchi Yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi hisoblanadi. Magnit bo‘ronlari bir vaqtda Yer yuzining katta hududlarida, ba’zan butun Yer yuzida kuzatiladi. U ko‘pincha, tun vaqtiga to‘g‘ri keladi va odatda, qutbiy yog‘du, momaqaldiroq, zilzila paytida sodir bo‘ladi hamda har 11 yilda kuzatiladigan Quyosh faolligining kuchayishi davrida tez-tez takrorlanib turadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q