Prezidentlik saylovida nomzodlarga berilgan ovozlar soni maʼlum qilindi

Saqlash
12:10 / 29.10.2021 777 0

Ayni daqiqalarda MSK matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezidentlik saylovida nomzodlarga berilgan ovozlar soni maʼlum qilindi. Unga koʻra:

 

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Abduhalimov Bahrom Abdurahimovichga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 3,39 foizi;

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Mirziyoyev Shavkat Miromonovichga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi;

 

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Oblomuradov Narzullo Naimovichga – 670 ming 641 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 4,14 foizi;

 

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Qodirov Alisher Keldiyevichga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 5,48 foizi;

 

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Vorisova Maqsuda Azizovnaga – 1 million 75 ming 16 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 6,63 foizi yoqlab ovoz bergan.

 

Haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarining soni – 39 ming 443 tani yoki 0,24 foizni tashkil qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish