Jamiyat
Qizlarni Oʻzbekistondan Turkiyaga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yuborib kelgan ayollarga sud hukmi oʻqildi. Ulardan biriga qamoq, ikkinchisiga shartli qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqida Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida yashovchi, 1999-yilda tugʻilgan M.R. (ayol) hamda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tugʻilgan Q.A. (ayol) oʻzaro til biriktirib, qizlarni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yuborishgan.
Turkiyada yashovchi A. ismli ayol esa qizlarga aviachipta sotib olish, ularni kutib olish hamda fohishalik bilan shugʻullantirish ishlariga masʼul boʻlgan.
Joriy yilning aprel oyi boshlarida M.R. va Q.A. Toshkent shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan A.A.ni Turkiya davlatiga borib, fohishalik bilan shugʻullanish orqali har oyda 2 ming AQSH dollari ishlab topishga qiziqtirgan hamda dastlabki “daromadi”ning teng yarmini ularga berishi kerakligini tushuntirgan.
Oʻz navbatida Turkiya davlatida yashovchi A. ismli ayol A.A.ga xorijga chiqish pasporti olishi uchun 50 AQSH dollari va “Toshkent-Istambul-Anqara” yoʻnalishi boʻyicha aviachipta yuborgan.
DXX xodimlari tomonidan IIV hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda M.R. qizni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelib, Turkiya davlatiga yubormoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida uning sherigi Q.A. ham ushlangan.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Joriy yilning avgust oyida jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi tomonidan M.R.ga nisbatan 3 yil va Q.A.ga nisbatan esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Lekin Q.A.ning oilaviy sharoitini, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi qoʻllanilib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q