Oʻzbekistonda kollej va texnikumlarga test sinovlari qachondan boshlanishi maʼlum qilindi

Saqlash
14:09 / 30.09.2022 581 0

Oʻzbekistonda 2022/2023 oʻquv yili uchun professional taʼlim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktyabr kunlari 2 smenada oʻtkaziladi. Bu haqida Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bunda test sinovlari:

 

  • 1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
  • 2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar boʻlib oʻtadi.

 

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan (ona tili, matematika, Oʻzbekiston tarixi) dan oʻtkaziladi.

 

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirigʻi va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

 

Test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ball boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun:

 

  • 1-mutaxassislik fanida – 3,1 balldan (jami 93 ball);
  • 2-mutaxassislik fanida – 2,1 balldan (jami 63 ball);
  • majburiy fanlarda – 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

 

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining “My.dtm.uz” saytidan yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish