Ilm-fan
Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.
Institutda quyidagilar boʻyicha zamonaviy bilimlarga ega kadrlar tayyorlanadi:
Institutda 2021/2022 oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda, talabalar uchun haftaning shanba kuni mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilanadi.
2022-yil yakunigacha Institutda talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi IT-inkubator ilmiy innovatsion markazi tashkil etiladi.
Institutga tegishli yer maydonlarida anor, xurmo, limon, qora olxoʻri, uzum va boshqa meva-sabzavotlarning yuqori hosilli, yiliga 2-3 marotaba hosil olishga imkon beradigan navlarini yaratish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlari barpo etiladi.
Qarorga koʻra, Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kechki (smenali) hamda 2022-yildan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura)ga qishloq xoʻjaligi ixtisosliklari boʻyicha qabulni tashkil etish nazarda tutilgan.
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali talabalari Institutning mos taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oʻtkazilib, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Institut diplomi beriladi.
Institut faoliyati Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q