Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Turkiy Kengashga a’zo davlatlar universitetlari hamjamiyatiga a’zo bo‘ldi

Saqlash
15:39 / 29.10.2021 1645 0

Joriy yilning 26-oktabr kuni Qozog‘istonning Turkiston shahri Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universitetida Turkiy Kengashga a’zo davlatlar universitetlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Assambleyada Turkiy Kengashning Bosh kotibi Bagdad Amreyev va o‘rinbosari Umar Kojaman; Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universiteti vasiylik kengashi boshlig‘i Muhiddin Simshek va rektori Janar Temirbekova; Turkiy Kengashga a’zo davlatlar hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan universiteti rektorlari va boshqa martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Bagdad Amreyev ushbu hamjamiyatda O‘zbekiston universitetlari ham bo‘lishi shart ekanligini ta’kidlab, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti haqida iliq fikrlar bildirdi.

Assambleyada ishtirok etgan universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov hamjamiyat a’zolariga taqdimot hamda videorolik orqali o‘quv dargohi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Yig‘ilganlar bir ovozdan universitetni hamjamiyatga qabul qilishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//