Siyosat
AQSH Mehnat vazirligi oʻzining hisobotida (“TDA Report”) 2011-yildan beri birinchi marta Oʻzbekistonni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish boʻyicha saʼy-harakatlar samaradorligi boʻyicha “sezilarli taraqqiyot”ning eng yaxshi toifasiga kiritdi.
Bu majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan samarali davlat siyosati, shuningdek, ushbu sohada jinoiy javobgarlikning xalqaro standartlarga toʻliq mos ravishda kuchaytirilgani tufayli erishilgani alohida taʼkidlandi.
“Oʻzbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida taʼsirchan taraqqiyotga erisha oladigan namunali davlatga aylanmoqda”, – dedi AQSH Mehnat vazirligining Bolalar va majburiy mehnat boʻyicha boshqarmasi rahbari Marsia Yeugenio.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston erishgan yutuqlarni inobatga olgan holda, AQSH Mehnat vazirligi mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtani “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar roʻyxati”dan chiqarilishini eʼlon qildi.
Ushbu qaror Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQSHga olib kirishga qoʻyilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q