Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniya nomini Meta deb o‘zgartirdi

Saqlash
14:30 / 29.10.2021 1220 0

Mark Sukerberg bu haqda onlayn taqdimotda aytib o‘tdi. Kompaniya dasturlari nomlari esa o‘zgarishsiz qoladi.

Sukerberg yangi brend kompaniyaning bosh maqsadi – metakoinotni hayotga tatbiq etishini qo‘shimcha qilgan. Uning aytishicha, Meta biznesi markazida Facebook ijtimoiy tarmog‘i emas, balki “virtual metakoinot” bo‘ladi. Shu sababli Meta foydalanuvchilariga kompaniyaning boshqa servislaridan foydalanish uchun endilikda Facebook ijtimoiy tarmog‘i kerak bo‘lmaydi.

“Metakoinot – internet taraqqiyotining yangi bosqichi. Uning asosiy maqsadi odamlarni birlashtirish, ularga muloqot qilishda yordam berishdir”, deb ta’kidlab o‘tgan Sukerberg.

Kompaniyaning logotipi ham yangilandi. Unda ko‘k rangdagi Myobius tasmasi va “Meta” yozuvi aks etgan. Facebook’ning qayta nomlanishi ortida kompaniya aksiyalari narxi 3 foizga ko‘tarilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//