Sport
“Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5211-son, 05.07.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2021–2025-yillarda quyidagilar tashkil etiladi:
👉 67 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ot sporti turlari, shu jumladan zamonaviy beshkurash boʻyicha 52 ta, polo boʻyicha 15 ta boʻlim;
👉 har bir olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti va zamonaviy beshkurash boʻlimlari;
👉 naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik xoʻjaliklari.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ot sporti boʻyicha mehnatni ragʻbatlantirishda usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshligʻi (brigadir) – trenerga, veterinar-shifokor – shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar – hamshiraga tenglashtiriladi.
2022/2023 oʻquv yilidan:
➖ Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi;
➖ Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallarida ot sporti boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishining maxsus sirtqi taʼlim shakli ochiladi.
2021-yil 1-sentyabrdan boshlab har yili ot yoʻrttirish turi boʻyicha Toshkent viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlari tashkil etiladi.
☑️ 2022-yil 1-sentyabrgacha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 oʻrinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport maneji barpo etiladi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q