Madaniyat
Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan «48 Hour film race“ festivalida yosh rejissyor Shokir Xoliqovning «Messi» qisqa metrajli filmi bir vaqtning oʻzida ikki mukofotga loyiq koʻrildi.
Festival Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkaziladi. Joriy yil festivalga 500dan ortiq ariza qabul qilingan, 220dan ortiq film topshirilgan.
Festivalning bu yilgi qoidalariga koʻra, film tanlovga start berilgandan soʻng 48 soat ichida suratga olingan boʻlishi lozim. Asosiy qahramon yugurayotgan odam boʻlishi, kadrda “30” raqami aks etishi, suv predmetidan foydalanish va “Ha, oson” jumlasi ishlatilishi lozim. Eng muhimi, qisqa metrajli film 4 daqiqadan oshmasligi kerak.
Birinchi bosqich uchun saralab olingan 48 ta filmning eng munosiblaridan uch nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
«Messi» qisqa metrajli filmi “Eng yaxshi film” - Nyu-York kinoakademiyasiga oʻqish uchun yoʻllanma va “Eng yaxshi drama” diplomi, statuetka bilan taqdirlandi.
«Messi» qisqa metrajli filmi Afgʻonistondan boshqa davlatga qochayotgan aka-uka haqida. Murtazo, yaʼni Messi boshqa davlatda tinch, osuda yashashni istaydi. Oxiri maqsadiga yetadi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, yosh rejissyorning “Bizni tushunishmaydi” va “ Choy» filmlari ham bor. “Choy” qisqa metrajli filmi koʻplab xalqaro tanlovlarda yuksak oʻrinlarni egallagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q