Jamiyat
Oʻzbekistonda banklar tomonidan 2022—2023-oʻquv yili uchun 27 897 ta talaba uchun 317 mlrd soʻmdan ortiq imtiyozli taʼlim kreditlari ajratilgan. Bu haqida Markaziy bank boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Shohruh Egamnazarov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, kreditlarning 242 mlrd soʻmi yoki 76 foizi ayollar hisobiga toʻgʻri keladi.
Joriy yildan boshlab Oʻzbekistonda xotin-qizlarga banklar tomonidan foizsiz taʼlim krediti ajratish tartibi joriy qilingan.
12 ta bank bu kabi taʼlim krediti ajratish uchun Moliya vazirligi bilan bitim imzolagan. Bular quyidagilar:
– Mikrokredit bank;
– Asaka bank;
– Agrobank;
– Xalq banki;
– Ipoteka bank;
– Qishloq qurilish bank;
– Turon bank;
– Orient finans bank;
– Milliy bank;
– Oʻzsanoatqurilishbank;
– Hamkorbank;
– Aloqa bank.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111953
Jamiyat
94698
Jamiyat
90700
Jamiyat
75459
Jamiyat
//
Izoh yo‘q