Ilm-fan
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimida dual taʼlim tashkil etiladi. Bu haqida Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Qaror loyihasiga koʻra, Oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi. Ushbu nizomda dual taʼlimning maqsad va vazifalari, dual taʼlimni tashkil etish va uning bosqichlari, dual taʼlimda oʻquv jarayoni va malaka amaliyotini olib borish tartibi, dual taʼlim ishtirokchilarining vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Shuningdek, qaror loyihasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga iqtisodiyot tarmoqlarida tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga dual taʼlim asosida kadrlar tayyorlash takliflarini taqdim etish, dual taʼlim tashkil etiladigan tashkilotlar boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga takliflar kiritish, dual taʼlim tizimini tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni shakllantirish boʻyicha topshiriq va vazifalar belgilanmoqda.
Qaror loyihasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga har yili tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida talabalarni dual taʼlim dasturlari asosida oʻqishga jalb etish ishlarini tashkil etish, dual taʼlim tashkil etiladigan tashkilot va oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishini hamda kelishilgan oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni jadvalini tasdiqlanishini taʼminlash, talabalarni belgilangan muddatlarda oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlarini va tegishli tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyati olib borishlarini taʼminlash, oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim jarayonini tashkil etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish vazifalari belgilanmoqda.
Shu bilan birga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili 1-mayga qadar tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda dual taʼlim tashkil etiladigan oliy taʼlim yoʻnalishlari va muassasalarini belgilaydi.
Dual taʼlim boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga talabalarni oʻqishga qabul qilish parametrlari Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida tasdiqlanadi.
Qayd etilishicha, loyihani tayyorlashda jahondagi yetakchi mamlakatlar, jumladan Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklini joriy etish borasidagi tajribalari oʻrganilgan.
Maʼlumot uchun, dual taʼlim (shakli) – taʼlimning nazariy qismi oliy taʼlim muassasada, amaliy qismi esa ish joyida oʻtkaziladigan shakli hisoblanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q