Farg‘onadan Dubayga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Saqlash
11:09 / 27.09.2022 479 0

Uzbekistan Airways 2022-yil 30-oktabrdan Fargʻonadan Dubayga muntazam toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

 

Taʼkidlanishicha, aviaqatnovlar haftada ikki marta – seshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

 

Aviakompaniya saytidagi maʼlumotlarga koʻra, Fargʻona – Dubay yoʻnalishidagi chiptalar narxi 2 217 926 soʻmdan, Fargʻona – Dubay – Fargʻona yoʻnalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 641 757 soʻmdan boshlanadi. Narxlar 26-sentyabr holatiga koʻra amal qiladi.

 

Avvalroq Kuvaytning Jazeera Airways kompaniyasi Namanganga haftasiga 3 marta parvozlar amalga oshirishni boshlashi haqida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish